Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 6
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH KORXONALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirish mexanizmlariningnazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Hozirgi kunda ekologik muammolarning kuchayishi, tabiiy resurslarningcheklanganligi hamda ishlab chiqarish va iste’mol hajmining ortib borishi chiqindilarni samarali boshqarish masalasinidolzarb vazifaga aylantirmoqda. Ayniqsa, chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali atrof-muhitni muhofazaqilish, resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati ortmoqda. Shu nuqtayi nazardan,mazkur korxonalarni barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada chiqindilarniqayta ishlash korxonalarini moliyalashtirishning asosiy manbalari sifatida davlat byudjeti mablag‘lari, tijorat banklarikreditlari, investitsiyalar, grantlar, subsidiyalar, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari hamda yashil obligatsiyalar kabizamonaviy moliyaviy instrumentlar tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilib, yashil moliya vositalariningamaliy samaradorligi yoritilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0