Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 2

MAHALLA BOSHQARUVIDA MOLIYAVIY ERKINLIK VA IJTIMOIY BARQARORLIK O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Xurshida Karjavova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada mahalla boshqaruvida moliyaviy erkinlik va ijtimoiy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zarobog‘liqlikning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Unda mahallaning moliyaviy mustaqilligi darajasi, byudjetresurslaridan foydalanish samaradorligi va ularning ijtimoiy muhitga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida moliyaviyerkinlikning mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati, aholi bandligi, ijtimoiy himoya tizimi va jamoaviy barqarorlikni ta’minlashdagiroli asoslab beriladi. Shuningdek, mahalla darajasida moliyaviy vakolatlarning kengaytirilishi, resurslardan maqsadlifoydalanish va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.Tadqiqot natijasida mahalla boshqaruvida moliyaviy erkinlikni oshirish ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhimomillaridan biri ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Сведения · Details