Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 3

INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGINING ZARURATI VA UNING SHAKLLARI

Akmal Shodiyev

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizminingahamiyati, uning iqtisodiy mohiyati hamda zamonaviy shakllari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat va xususiysektor o‘rtasidagi hamkorlikning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rni, moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlarihamda risklarni optimal taqsimlash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda DXSh tizimining rivojlanishbosqichlari, huquqiy asoslari va amaliyotdagi institutsional o‘zgarishlar tahlil qilinib, 2024–2030-yillarga mo‘ljallanganstrategik yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan.Maqolada xalqaro tajriba asosida davlat-xususiy sheriklikning asosiy modellari, jumladan, BOT, BOOT, DBFO va boshqashakllari tizimli ravishda tasniflanib, ularning infratuzilma loyihalarida qo‘llanish xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalarishuni ko‘rsatadiki, DXSh mexanizmi infratuzilma rivojini jadallashtirish, davlat byudjeti yukini kamaytirish hamdabarqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim moliyaviy-institutsional vosita hisoblanadi.

Сведения · Details