Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 6

AGROVOLTAIKA VA VENCHUR KAPITAL: O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA QUYOSH ENERGIYASINI BIRLASHTIRGAN INNOVATSION INVESTITSIYA MODELINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI

Gulnoza Qarajanova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida agrovoltaika — qishloq xo‘jaligi yerlari va quyosh energetikasidanbirgalikda foydalanish texnologiyasini venchur kapital orqali rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot IMRADmetodologiyasi asosida olib borilgan bo‘lib, unda 2019–2025-yillar oralig‘idagi global agrovoltaika bozori ma’lumotlari,O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va energetika statistikasi hamda xalqaro muvaffaqiyatli tajribalar o‘rganilgan.Mamlakat yer fondi, suv resurslaridan samarali foydalanish zarurati va quyosh radiatsiyasi salohiyati ko‘rsatkichlari o‘zarosolishtirilib, O‘zbekiston agrovoltaikani rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega hududlardan biri ekani asoslab beriladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, agrovoltaika modelida 1 gektar ekin maydoni bir vaqtning o‘zida yiliga 25–40 tonnaoziq-ovqat mahsuloti va 350–500 MVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.Venchur kapital uchun ushbu model “ikki daromad oqimi” hisobiga an’anaviy quyosh energetikasi loyihalariga nisbatan18–22 foiz yuqori ichki daromad normasi (IRR)ni ta’minlashi mumkin. Maqolada O‘zbekistonda agrovoltaika venchurekotizimini shakllantirishning besh bosqichli modeli taklif etiladi.

Сведения · Details