Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 5

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Axror Shermatov

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTI) samaradorliginibelgilaydigan asosiy omillarni aniqlash, mavjud investitsiya jalb etish mexanizmlarini baholash hamda investitsiyamuhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qiladi. Tadqiqot, xususan, soliq imtiyozlari,raqamlashtirish darajasi, huquqiy muhit barqarorligi va infratuzilma sifatining XTI samaradorligiga ta’sirini o‘rganadi. TadqiqotdaO‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investitsiyalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni baholashuchun rasmiy statistik ma’lumotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda mavjud ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslanganaralash metodologik yondashuvdan foydalanildi. Korrelyatsion va regressiya tahlili, tematik kodlash va ikkilamchi statistikma’lumotlar tahlili qo‘llanildi. Ushbu maqola O‘zbekiston kabi o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xizmat sektori XTIsamaradorligini o‘lchaydigan yangi ko‘p o‘lchovli Samaradorlik Baholash Modeli (SBM)ni taklif etadi. SBM institutsionaliqtisodiyot, joylashuv nazariyasi va raqamli iqtisodiyot konsepsiyalarini birlashtirib, yangi metodologik yondashuv yaratadi

Сведения · Details