Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 4

INNOVATSION MENEJMENTDA KOMMUNIKATSIYA VA TASHKILIY MOSLASHUVCHANLIKNING ROLI: OʻZBEKISTON SHAROITI MISOLIDA

Abduxalil Atamatov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida boshqaruv tizimining samaradorliginibelgilovchi omillar, xususan kommunikatsiya jarayoni va tashkiliy moslashuvchanlik ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va innovatsion faoliyatni davlattomonidan qo‘llab-quvvatlash strategiyalari korxonalar oldiga yangi tashkiliy vazifalarni qo‘yayotgani ta’kidlanadi.Maqolada innovatsion menejmentni tashkil etish shunchaki strukturaviy bo‘linmalarni yaratish emas, balki yangi g‘oyalarerkin harakatlanadigan ekotizimni shakllantirish ekanligi ko‘rsatib berilgan. Globallashuv davrida kommunikatsiyalarinnovatsion siklni tezlashtiruvchi “markaziy nerv tizimi” sifatida xizmat qilishi, kommunikatsion to‘siqlarni bartaraf etish vaaxborot oqimlarini optimallashtirish orqali innovatsiyalarning “o‘lim vodiysi” bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish imkoniyatlaritahlil qilingan.

Сведения · Details