Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 2

SINXRON GENERATORNING O‘Z-O‘ZIDAN CHAYQALISH JARAYONINI TAHLIL QILISH

Allabergen Bekishev, Oliyaxon Zayniyeva, Najmiddin Kurbonov, Ilyos Samadov

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqotda sinxron generatorlarda o‘z-o‘zidan chayqalish jarayoni va uning elektr energetika tizimigata’siri tahlil qilingan. Sinxron generatorlar energetika tizimlarida asosiy energiya manbai hisoblanib, ularning dinamikbarqarorligi butun tarmoq barqarorligini ta’minlaydi. O‘z-o‘zidan chayqalish — generator rotorining burchak parametrlariva elektr toklarining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq dinamik jarayon bo‘lib, mexanik va elektr momentlar muvozanatiningbuzilishi natijasida yuzaga keladi. Maqolada sinxron generatorda chuqur matematik modellashtirish, dq koordinatalartizimidagi tenglamalar va kompyuter simulyatsiyasi usullari orqali chayqalish jarayoni tahlil qilingan. MATLAB/Simulinkmuhitida olib borilgan simulyatsiyalar natijalari generator barqarorligini baholash va avtomatik qo‘zg‘atish regulyatorlariorqali ta’sirni kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari generator dinamikasini o‘rganish va energetikatizimi barqarorligini ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details