Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2025, т. 3, № 11

ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARIDAN O‘ZBEKISTON AMALIYOTIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Bahodir Shodmonov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada rivojlanayotgan mamlakatlarda paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali investitsionfaoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, tarmoqning barqaror rivojlanishi va global bozorga integratsiyalashuvi komplekstahlil qilinadi. Tadqiqot Misr, Eron, Bangladesh, Indoneziya va Qozoqiston kabi mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda,klasterlashuv orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, ish o‘rinlarini yaratish vainnovatsion texnologiyalarni joriy etish mexanizmlarini yoritadi.Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish amaliyotida Xitoy, Braziliya, Turkiya,AQSh, Pokiston, Hindiston, Misr va Bangladesh kabi yetakchi davlatlarning ilg‘or klaster yondashuvlarini qo‘llashimkoniyatlari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, xomashyo va tayyor mahsulotlar eksporti, global bozor hajmi varaqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib borilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali investitsiyalarni jalb qilish va texnologikmodernizatsiyani amalga oshirish milliy iqtisodiyotning o‘sishiga, eksport salohiyatini kengaytirishga va ish o‘rinlariyaratishga sezilarli hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, mahalliy va global bozor xavflarini kamaytirish, turli xomashyo vatayyor mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, zamonaviy va sintetik materiallarni ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash hamdamahsulot sifatini oshirish orqali klasterlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin.

Сведения · Details