Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 2

ISHLAB CHIQARISH SANOATI CHIQINDILARIDAN LITIY BIRIKMALARINI AJRATIB OLISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YECHIMLARI

Uchqun Eshonqulov, Botir Komilov

Аннотация · Abstract

Maqolada ishlab chiqarish sanoati chiqindilaridan litiy birikmalarini ajratib olishning zamonaviy texnologikyondashuvlari chuqur tahlil qilinadi. Global energetika va elektrotexnika sohalarida litiyga bo‘lgan talabning ortishifonida texnogen xomashyo manbalarini qayta ishlash dolzarb masalaga aylangan. Tadqiqotda pegmatit rudalari, sho‘rsuvlar, dengiz suvi hamda sanoat chiqindilari litiy manbasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Litiy ajratishning gidrometallurgik,pirometallurgik va kombinatsiyalangan usullari solishtirilib, kimyoviy cho‘ktirish, ion almashinish hamda suyuqlik–suyuqlikekstraksiyasi jarayonlarining ilmiy asoslari bayon etilgan. Ayniqsa, Mg/Li nisbatining yuqoriligi sharoitida selektiv ajratishmuammolari va ularni hal etish mexanizmlari tahlil qilingan. Zamonaviy sorbent materiallar, membranali ajratish vakompleks fazaviy taqsimlanish usullari litiy ajratish samaradorligini oshirishda istiqbolli yo‘nalish sifatida baholangan.Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo sharoitida sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlash orqali yuqori qo‘shimcha qiymatlilitiy mahsulotlarini olish imkoniyatlarini asoslab beradi hamda resurs tejamkor va ekologik barqaror texnologiyalarni ishlabchiqish zaruratini ko‘rsatadi.

Сведения · Details