Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 2
MARKAZIY QIZILQUM FOSFORIT RUDALARIDAN QIMMATBAHO KOMPONENTLARNI KOMPLEKS AJRATISH TEXNOLOGIYASI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Markaziy Qizilqum hududidagi past navli, yuqori karbonatli va magniyli fosforit rudalarinikompleks qayta ishlashning ilmiy-texnologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida xomashyoning kimyoviy tarkibiva granulometrik xususiyatlari aniqlanib, zarracha o‘lchamining parchalanish darajasiga ta’siri baholandi. Sulfat kislotaliekstraksiya digidrat rejimida olib borilib, hosil bo‘lgan fosfat kislota eritmalarining fizik-kimyoviy xossalari, jumladan pH,elektr o‘tkazuvchanlik va dissotsiatsiya darajasi tahlil qilindi.Termik qayta ishlashning karbonatlarning parchalanish jarayoni hamda tizimning filtrlash tezligiga ta’siri o‘rganildi.Ammoniy nitrat ishtirokidagi tizimlarda trikalsiyfosfatning parchalanish darajasi 97–99% gacha yetishi aniqlandi. Komplekskimyoviy faollashtirish natijasida suvda eruvchan P₂O₅ miqdori 75–85% bo‘lgan mahsulotlar olindi va ular asosida NPhamda NPK turidagi mineral o‘g‘itlar sintez qilindi.Vegetatsion tajribalar natijasida hosildorlikning 15–25% ga oshishi kuzatildi. Olingan natijalar past navli fosforitlarni chuqurqayta ishlash orqali yuqori samarali va raqobatbardosh mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkoniyatini ilmiy asoslaydi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0