Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2025, т. 3, № 12
O‘ZBEKISTON YAIMINING UZOQ MUDDATLI RIVOJLANISHIDA INVESTITSIYALAR, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT) VA TASHQI SAVDONING TA’SIRI: KOINTEGRATSIYA TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu tadqiqot 2000–2024-yillar davomida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) uzoq muddatlirivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda to‘liq modifikatsiyalangan eng kichikkvadratlar usuli (FMOLS) metodologiyasidan foydalanilib, siyosiy barqarorlik, korrupsiya darajasi, tashqi savdo, axborotkommunikatsiyatexnologiyalari (AKT) infratuzilmasi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bilan YaIM o‘rtasidagiuzoq muddatli o‘zaro bog‘liqliklar empirik jihatdan tahlil qilindi.Tahlil natijalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasiningrivojlanishi yalpi ichki mahsulot o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omillar ekanini ko‘rsatadi. Bu holat investitsiyamuhitini yanada yaxshilash va raqamli infratuzilmani izchil kengaytirish iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarisifatida ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Shuningdek, siyosiy barqarorlik va tashqi savdo omillarining iqtisodiyjarayonlardagi roli ichki ishlab chiqarish bilan samarali uyg‘unlashgan holda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi aniqlandi.Korrupsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan natijalar esa institutsional muhitni mustahkamlash va moliyaviy boshqaruvtizimida shaffoflikni oshirish barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekaniniko‘rsatadi.Tadqiqot natijalari asosida siyosiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, siyosiy barqarorlikni iqtisodiy mexanizmlarbilan uyg‘unlashtirish, eksportni diversifikatsiya qilish, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish, AKT infratuzilmasinikengaytirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish muhimligi asoslab berildi. Umuman olganda,ushbu tadqiqot O‘zbekiston YaIMining uzoq muddatli barqaror o‘sishini ta’minlash va iqtisodiy strategiyalarni samaralishakllantirish uchun mustahkam ilmiy asos yaratadi
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0