Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 2026, т. 3, № 1, с. 56-67
OʻZBEKISTON QONUNCHILIGIDA PROTSESSUAL MUDDATLAR BILAN BOGʻLIQ HUQUQIY MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston sud tizimida raqamlashtirish jarayonining shakllanish bosqichlari va uning fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual muddatlarga rioya etilishiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqotda 2012-yildan boshlab sud tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2013-yilda “E-SUD” milliy elektron sud xizmatlari tizimining yaratilishi va keyingi yillarda “my.sud.uz”, “stat.sud.uz”, “sud.ijro.uz” kabi platformalar orqali raqamli xizmatlarning yanada kengaytirilishi koʻrib chiqilgan. Maqolada raqamli texnologiyalar sud ishlarini koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish, inson omili bilan bogʻliq xatoliklarni kamaytirish hamda elektron monitoring va avtomatlashtirilgan xabarnomalar orqali protsessual intizomni kuchaytirishga xizmat qilayotgani asoslab berilgan. Shu bilan birga, ayrim hududlarda texnik infratuzilmaning yetishmasligi, xodimlarning raqamli koʻnikmalari pastligi, idoralararo integratsiyaning zaifligi hamda elektron hujjatlar va dalillar bilan ishlash boʻyicha normativ bazaning toʻliq shakllanmaganligi kabi mavjud muammolar muddatlar buzilishi xavfini saqlab qolayotgan omillar sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqot yakunida “E-SUD” tizimiga protsessual muddatlarni avtomatik nazorat qiluvchi monitoring modulini joriy etish, maxsus “Elektron sud yurituvi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish, infratuzilmani mustahkamlash va raqamli koʻnikmalarni oshirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0