Central Asian Research Index

Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 2025, т. 2, № 3, с. 84-97

JAZONI O‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI OZOD QILISH INSTITUTINING SHAKLLANISHIGA OID ILMIY-NAZARIY VA HUQUQIY QARASHLAR

Samariddin Ochilov

Аннотация · Abstract

Jinoyat huquqidagi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutining shakllanish va rivojlanish tarixini tadqiq etish, ushbu institut amalda bo‘lgan davrda erishilgan natijalarni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xatolarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish amaliyotining amaldagi tizimini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti qadimdan mavjud bo‘lib, shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib boshlanishi bilan u tomonidan sodir etilgan jinoiy qilmishning xususiyati va oqibatlari hamda shaxsning xulq-atvori va sodir etgan jinoiy qilmishiga munosabatidan kelib chiqqan holda qo‘llanilgan. Mazkur holat bugungi kundagi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish amaliyotining fundamental va falsafiy asoslari ilgaridan shakllanganligi va tadrijiy rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Muallif maqolada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutining qadimgi huquq elementlarida namoyon bo‘lishi, mamlakatimiz tarixida mavjud bo‘lgan davlatchilik g‘oyalariga mutanosib ravishda rivojlana borishi, ushbu institutning vujudga kelishi va shakllanishi borasida tadqiqotchi olimlarning qarashlarini tahlil qilgan. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish institutining shakllanish bosqichlari jinoyat huquqidagi boshqa institutlarning shakllanishiga mutanosib ravishda rivojlanib borishi, tarixiy rivojlanishining xarakter va xususiyatlari bayon etilgan.

Сведения · Details