Central AsianResearch Index

Yirik jamoat binolarida yashin zarbasi xavfini parametrik baholash va himoya qarorlarini shakllantirish

Maqolada yirik jamoat binolari uchun yashin zarbasi xavfini bir martalik geometrik hisob bilan cheklamasdan, kirish parametrlarining noaniqligi va sezgirligini hisobga olgan holda b aholash yondashuvi taklif etilgan. Avvalgi tadqiqotda keltirilgan Imom Buxoriy majmuasining geometrik oʻlchamlari boshlangʻich maʼlumot sifatida qabul qilinib, RD 34.21.122-87 dagi yillik kutiladigan yashin zarbalari soni formulasining toʻliq koʻrinishi as osida qayta hisoblash bajarildi. Majmua uchun ekvivalent qamrov maydoni 364 186,5 m² ni tashkil etishi, shu sababli kutiladigan yillik zarbalar soni N = 0,36419·n koʻrinishida ifodalanishi aniqlandi. Parametrik tahlil n ning 1 –8,5 1/(km²·yil) oraligʻida N qiymati 0,364 dan 3,096 gacha oʻzgarishini koʻrsatdi. Mahalliy elastiklik tahlilida bino balandligining taʼsiri (Eh = 1,333) reja oʻlchamlarining taʼsiridan (ES = 0,336; EL = 0,331) yuqori ekani aniqlandi

Сведения

Опубликовано
2026 · № 5, С. 69
Источник
jurnal.qurilishtalim.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Наманган муҳандислик-қурилиш институти