Central AsianResearch Index

Suyuq po‘latni molibden bilan bevosita legirlash uchun silikotermik usulda o‘z-o‘zidan qaytariluvchi MOO₃ briketlari

Molibden trioksidi (MoO₃) po‘latni legirlashda qimmat ferromolibdenga (FeMo) mos bo‘la oladigan, nisbatan arzon molibden manbai hisoblanadi. Biroq 795 °C dan yuqori haroratlarda uning tez bug‘lanishi molibdenning po‘lat tomonidan o‘zlashtirilishini kamaytiradi. Tadqiqotda MoO₃ ning FeSi, CaO va MgO bilan aralashmalaridagi bug‘lanish jarayoni TG - DTA usulida, shuningdek, FeSi, CaO va CaF₂ qo‘shilgan sanoat MoO₃ ning elektr qarshilik pechida o‘z-o‘zidan qaytarilishi o‘rganilgan. Natijalar FeSi va CaO MoO₃ ning bug‘lanishini kamayti rishini, CaF₂ esa past erish haroratli shlak hosil qilib, metall va shlakning samarali ajralishini ta’minlashini ko‘rsatdi. Natijada molibdenning suyuq po‘lat tomonidan o‘zlashtirilishi 95 % gacha yetgan. Ushbu usul MoO₃ dan foydalanib, qimmat ferromolibde nga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va molibdenni po‘latga bevosita kiritish imkonini beradi. Аннотация. Три

Сведения

Опубликовано
2026 · № 5, С. 473
Источник
jurnal.qurilishtalim.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Наманган муҳандислик-қурилиш институти