Dolomit va zirkoniy oksididan shpinel sintezi orqali olingan, termik zarba shikastlanishiga chidamliligi yaxshilangan kalsiy sirkonat asosidagi olovbardosh material olish
Mazkur tadqiqotda mahalliy dolomit, zirkoniy (IV) oksidi (ZrO2) va alyuminiy oksidi (Al 2O3) asosida termik zarba ta’siridagi shikastlanishga chidamliligi yaxshilangan kalsiy sirkonat asosidagi olovbardosh materiallar ishlab chiqish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotda CaZrO3/MgO (KSM) va CaZrO3/MgAl2O4 (KSSh) tizimlaridagi materiallar sintez qilingan. Xomashyo komponentlari mos ravishda 1:1,23:0 va 1:1,23:0,59 molyar nisbatlarda aralashtirilib, sharli tegirmonda 400 ayl/min tezlikda 1 soat davomida maydalangan. Namunalar 150 MPa bosimda presslangan va 1200÷1650 °C ha roratlarda 2 soat davomida sinterlangan. Materiallarning fazaviy tarkibi XRD, mikrostrukturasi FESEM -EDS, zichlik va ko‘rinma g‘ovakligi Arximed usuli, chiziqli issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti esa yuqori haroratli dilatometriya yordamida aniqlangan. Аннотация. В работе исследована возможность получения огнеупорных материа
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 5, С. 394
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти