Central AsianResearch Index

Po‘lat quyish korxonalarida suyuqlantirish jarayonining energiya samaradorligini oshirish uchun qiyosiy tahlili

Ushbu maqolada po‘lat quyish korxonalarida suyuqlantirish jarayonining energiya samaradorligini oshirish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda 2014 va 2022 -yillarda o‘tkazilgan energiya samaradorligi bo‘yicha ma’lum otlar solishtirilib, eritish pechlarining turlari, energiya monitoringi, elektr energiyasi sarfi hamda texnologik jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tahlil Shimoliy Amerikaning 15 ta po‘lat quyish korxonasidagi jami 60 ta eritish pechi ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Natijalarga ko‘ra, o‘rtacha elektr energiyasi sarfi 527 kVt·soat/t dan 491 kVt·soat/t gacha kamayib, energiya sarfi 7 % ga pasaygan. Energiya monitoringi, kimyoviy energiyadan foydalanish, kovshlarni oldindan qizd irish, avtomatik boshqaruv tizimlari va metallga ikkilamchi ishlov berish usullari energiya samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlari sifatida aniqlandi.

Сведения

Опубликовано
2026 · № 5, С. 385
Источник
jurnal.qurilishtalim.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Наманган муҳандислик-қурилиш институти