Paxtani mayda iflosliklardan tozalashda qayishqoq elementli qoziqchali barabanlarning zonalar bo‘yicha o‘zgaruvchan dinamik ta’sirini shakllantirish
Maqolada paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uchun ketma -ket joylashtirilgan o‘n ikki tarkibli qayishqoq elementli qoziqchali barabanlarning zonalar bo‘yicha o‘zgaruvchan dinamik ta’siri tahlil qilingan. Konstruksiyada qoziqchali barabanlarning rezina vtulkalari qalinligi tozalash yo‘nalishi bo‘yicha Δ₁>Δ₂>Δ₃>Δ₄>Δ₅>Δ₆ tartibida kamaytiriladi. Boshlang‘ich qismda paxta kam titilganligi sababli kattaroq qalinlikdagi vtulkalar qoziqchali garnituraning kattaroq burchak tebranishiga sharoit yaratadi; keyingi zonalarda paxta titilishi ortishi bilan vtulka qalinligi va tebranish intensivligi kamayadi. Bunday zonali elastik moslashuv paxtaga beriladigan mexanik ta’sirni uning titilish holatiga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Natijada tola va chigit shikastlanishini kamaytirish hamda mayda iflosliklarni ajratish jarayonini faollashtirish uchun konstruktiv sharoit yaratiladi. Taklif etil
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 5, С. 354
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти