Qoraqalpoq an’anaviy turar joylarining me’moriy -rejaviy xususiyatlari va fazoviy transformatsiya modeli (XIX asrning ikkinchi yarmi– XX asr boshi)
Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi qoraqalpoq an’anaviy turar joylarining tipologik tarkibi, konstruktiv tuzilishi, ichki fazoviy tashkil etilishi, iqlimiy moslashuvi va badiiy bezagi me’moriy -rejaviy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Qora uy, qamish va karkas asosidagi mavsumiy inshootlar, doimiy paxsa hovli -tam hamda qora uy bilan tam birlashgan aralash majmua tarixiy turar joyning o‘zaro bog‘liq turlari sifatida tasniflanadi. O‘tovning markazlashgan dumaloq rej asi, tor, erkaklar va ayollar tomoniga bo‘linishi, o‘choqning kompozitsion markaz vazifasi, hovli-tamning ichki hovli atrofida yashash va xo‘jalik xonalarini birlashtirishi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida qoraqalpoq turar joyining “ko‘chma yadro – mavsumiy oraliq – doimiy hovli” uch darajali fazoviy modeli hamda “mavsumiy almashinuvchi yashash majmuasi” konsepsiyasi taklif etiladi. Аннотация. В стат
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 5, С. 198
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти