Geomat asosida temir yo ‘l yer polotnosi qiyaliklarini mustahkamlashning texnikiqtisodiy tahlili
Ushbu maqolada temir yo‘l yer polotnosi qiyaliklarini eroziyadan himoyalashda geomat asosida mustahkamlashning texnik -iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqot obyekti sifatida Buxoro –Miskin temir yo‘l liniyasining qumli cho‘l hududida joylashgan uchastkasi tanlangan. Mazkur hududda shamol eroziyasi, suv oqimlari va qum bosishi natijasida qiyaliklarda yuvilish, deformatsiya hamda barqarorlikning pasayishi kuzatiladi. Ush bu muammolarni kamaytirish maqsadida geomat materialidan foydalanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari me’yoriy hujjatlar asosida tahlil qilindi. Hisob -kitob natijalariga ko‘ra, geomatni qo‘llashda mehnat, texnika va material resurslari sarfining maqbulligi sa babli umumiy xarajatlar sezilarli darajada kamayishi aniqlandi. Olingan natijalar geomatning iqtisodiy jihatdan samarali hamda amaliy qo‘llash uchun maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Abstrac
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 4, С. 66
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти