Nasos detallarining ishchi yuzalarini yemirilishga chidamliligini oshirishning zamonaviy usullari va ularning qiyosiy tahlili
Ushbu maqolada metallurgiya sanoatida shlamlarni va agressiv muhitlarni haydashda qo‘llaniladigan nasos detallarining ishchi yuzalarini yemirilishga bardoshliligini oshirish masalalari kompleks tahlil qilingan. Nasos detallarining abraziv, kavitatsion va korroziion yemirilishi uskunaning xizmat muddatini keskin kamaytirishi ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot davomida mikrodugoviy oksidlash (MDO) rejimlarining sirt qattiqligiga ta’siri, plazmali sirtqi mustahkamlash hamda lazerli ishlov berish usullarining samaradorligi o‘rganilgan. Shunin gdek, sirtqi plastik deformatsiyalash (SPD) va qattiq moylash materiallaridan foydalanish orqali ishqalanish koeffitsientini pasaytirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida, detallarning mikro - qattiqligini oshirish va sirtqi qatlamda qoldi q siquvchi kuchlanishlarni hosil qilish orqali nasoslarning ekspluatatsiya mudd
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 4, С. 443
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти