Hot mix asphalt zavodida barabanli quritgichning energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Ushbu maqolada issiq asfalt aralashmasi (Hot Mix Asphalt – HMA) zavodida aralashma tarkibidagi agregatlarni isitish va quritish uchun qo‘llaniladigan aylanuvchi barabanli quritgichning energiya va eksergiya tahlili keltirilgan. Tahlilda an’anaviy energiya tahliliga qo‘shimcha ravishda eksergiya usuli qo‘llanilib, termodinamik yo‘qotishlarni aniqlash va baholash maqsad qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, loyihaviy sharoitlarda zavod energiya samaradorligi 0,89 ga, eksergiya samaradorligi esa 0,18 ga teng bo‘lgan holda ishlaydi. Energiya yo‘qotishlarining asosiy qismi tutun gazlari bilan bo g‘liq. Eksergiya taqsimoti shuni ko‘r satadiki, yonish jarayoni hamda burnerda turli haroratlarda issiqlik uzatilishi jarayonda eng katta eksergiya yo‘qotilishiga olib keladi. Zavod samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida turli ishlab chiqarish parametrlarida, jumladan agre gatla
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 262
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти