To‘ldiruvchi devorlar ta’sirini hisobga olgan holda temirbeton sinchli konstruksiyalarning yuk ko‘tarish qobiliyatini tadqiq etish
Maqolada gazobloklardan bajarilgan to‘ldiruvchi devorlarning temirbeton sinchli konstruksiyalar ishiga ta’siri eksperimental tadqiq etilgan. Tadqiqotda to‘ldiruvchi devorsiz etalon sinch hamda deraza kabi ochiqlikk a ega bo‘lgan to‘ldiruvchi devorli sinchlar sinovdan o‘tkazilgan. Namunalar vertikal va gorizontal yuklarning birgalikdagi ta’siri ostida bosqichma-bosqich yuklangan. Tadqiqot davomida konstruksiyalarning siljishi, salqiligi, yorilish jarayoni va buzilish xususiyatlari kuzatilgan. Olingan natijalar gazob lokli to‘ldiruvchi devorlar sinchning umumiy bikrligini va yuk ko‘tarish qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, to‘ldiruvchi devorlarning mavjudligi konstruksiyaning gorizont al siljishlarini kamaytirishi aniqlandi. Birinchi yoriqlar avvalo gazobeton devorlarda hosil bo‘lishi kuzatildi. Yuklarning birgalikdagi ta’sirida sinch elementlarida norm
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 81
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти