Porshenli kogeneratsion issiqlik markazlarida elektr va issiqlik yuklamalarini muvofiqlashtirish asosida gaz sarfini kamaytirish mexanizmi
Ushbu maqola porshenli kogeneratsion issiqlik markazida gaz ta’minoti cheklanganda elektr va issiqlik yuklamalari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ko‘rib chiqiladigan asosiy yechim — issiqlik akkumulyatsiyasi, yuklama grafigini siljitish va qurilmani optimal yuklama oralig‘ida ishlatish orqali umumiy foydali ish koeffitsiyentini saqlab qolishdir. Maqolada energiya balansi asosida gaz porshenli kogeneratsion qurilmaning samaradorlik ko‘rsatkichlari baholanadi, p ast yuklama rejimlarining salbiy ta’siri tushuntiriladi va issiqlik talabini vaqt bo‘yicha boshqarish modeli taklif etiladi. Shartli hisob -kitob asosida issiqlik akkumulyatori qo‘llanganda qurilmani uzoq muddat past yuklamada ishlatish o‘rniga qisqaroq vaqt davomida yuqori samarali rejimda ishlatish mumkinligi ko‘rsatiladi. Ushbu yondashuv gaz sarfini kamaytirish, ishlab chiqarilgan
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 240
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти