Seysmik hududlarda joylashgan turar -joy binolarining zilzilabardoshligini baholash mezonlarini tadqiq qilish
Mazkur maqolada seysmik hududlarda joylashgan turar -joy binolarining zilzilabardoshligini baholash mezonlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, seysmik faol hududlarda mavjud bino fondining katta qismi zamonaviy zilzilabardoshlik talablariga to‘liq mos kelmasligi mumkin, ayniqsa eski loyihalar asosida qurilgan, konstruktiv yechimlari turlicha bo‘lgan va grunt sharoitlari murakkab hududlarda joylashgan turar -joy binolarida bu holat yaqqolroq kuzatiladi. Eurocode 8 seysmik hu dudlarda inson hayotini himoya qilish, shikastlanishni cheklash va muhim obyektlar faoliyatini saqlashni asosiy maqsad sifatida belgilaydi; ASCE 41 esa mavjud binolarni baholash va kuchaytirishda performance-based yondashuvni hamda uch pog‘onali tekshiruv tizimini qo‘llaydi. FEMA P-154 tezkor vizual skrining orqali potensial seysmik xavfli binolarni saralash imkonini beradi, FEMA P-
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 84
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти