Central AsianResearch Index

Shisha tolali polimer kompozit materiallarning turlari va ishlab chiqarish texnologiyalari: tahlil

Maqolada shisha tolali polimer kompozit materiallarning turlari, ularning fizik-mexanik xossalari hamda ishlab chiqarish texnologiyalarining zamonaviy holati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi va resurslardan oqilona foydalanish masalalari nuqtayi nazaridan kompozit materiallarga bo‘lgan talabning ortishi asoslab berilgan. Shisha tolalar bilan mustahkamlangan polimer kompozitlarning cho‘zilish va siqilishdagi mustahkamlik xossalari, ularning uglerod tolali kompozitlar bilan solishtirma afzalliklari va cheklovlari yoritilgan. Shuningdek, gibrid tolali kompozitlar yaratish orqali mexanik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilg an ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilingan. Maqolada shisha tolalarning strukturaviy shakllari, ularning Yung moduli, mustahkamlik va kimyoviy barqarorlik kabi asosiy xossalari ko‘rib chiqilgan. Bunda

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 55
Источник
jurnal.qurilishtalim.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Наманган муҳандислик-қурилиш институти