Arxitektura ta’limida tasviriy san’atning badiiy tafakkur va fazoviy tasavvurni shakllantirishdagi o‘rni
Mazkur maqolada arxitektura ta’limida tasviriy san’at fanlarining o‘rni yordamchi-amaliy mashg‘ulotlar majmui sifatida emas, balki bo‘lajak me’morning badiiy tafakkuri, vizual idroki, kompozitsion mushohadalashi va fazoviy tasavvurini shakllantiruvchi tayanch pedagogik tizim sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotning maqsadi qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, per spektiva, kuzatuv asosidagi chizmachilik va vizual ifoda mashqlarining arxitektura talabasining kasbiy tafakkuriga ta’sirini ilmiy -nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqotda integrativ adabiyotlar tahlili, qiyosiy -pedagogik yondashuv, strukturaviy -funksional sharhlash hamda nazariy modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasviriy san’at arxitektura ta’limida ko‘rish madaniyatini chuqurlashtiradi, ikki o‘lchamli tasvirdan uch o‘lchamli makoniy tasavvurga o‘tish mexanizmlarin i faollashtiradi,
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 301
- Источник
- jurnal.qurilishtalim.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Наманган муҳандислик-қурилиш институти