Central Asian Research Index

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 2025, т. 8, № 3, с. 337-340

YURAKNING SURUNKALI ISHEMIK KASALLIGIDA BOSH MIYA QON TOMIRLARIDA BO‘LADIGAN STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLARI

Ziyadulla Eshmamatovich Jumanov, Zafar Narbay ugli Nurmurzaev, Farruxjon Sherali o’g’li Xasanov

Аннотация · Abstract

Yurakning surunkali ishemik kasalligidan vafot etgan jami 32 nafar bemorning bosh miyasidan olingan to’qima bo’laklari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, yurakning surunkali ishemik kasalligida bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismidagi qon tomirlarda spazm holati rivojlanadi. Ularning bo‘shliqlarida shaklli elementlar saqlangan bo‘ladi. bosh miya po‘stlog‘i katta, o‘rta va kichik arteriyalar o‘rtacha darajada spazm hollatida bo‘lib, perivaskulyar bo‘shliqning turli darajad kengayganligi qayd etiladi. Qon tomir devorining tuzilmalarida distrofik va nekrobiotik o’zgarishlar qayd etiladi. Ushbu o‘zgarishlar yurakning surunkai ishemik kasalligini davolash samardorligini oshirishda alohida e’tibor talab qilishi ta’kidlangan.

Сведения · Details