Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2026, № 2

TALABALARGA RUS TILINI O’RGATISHDAGI RAQAMLI TA’LIM MUHITINING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Gabdulhakova Rasima Faridovna

Аннотация · Abstract

Maqola talabalarga rus tilini o‘rgatish tizimida raqamli ta’lim muhitining nazariy-metodik asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda raqamli ta’lim muhitini axborot resurslari, texnologik vositalar hamda tashkiliy-pedagogik sharoitlarni o‘zida mujassam etgan integratsiyalashgan pedagogik makon sifatida talqin etishga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim mazmunini tanlash, o‘quv materiallarini raqamli shakllarda taqdim etish hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish talabalarning til tayyorgarligi sifatini oshirish va o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qilishi asoslangan..

Сведения · Details