Таълим ва тараққиёт, 2026, № 1
PARADZYUDO SPORTCHILARINING MARFOFUNKSIONAL VA PSIXOFIZIOLOGIK HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH HAMDA INDIVIDUAL TAYYORGARLIKNI OPTIMALLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada paradzyudo sportchilarning marfofunksional va psixofiziologik holati kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida sportchilarning tana-vazn indeksi, tana uzunligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi hamda reaksiya tezligi ko‘rsatkichlari baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning aksariyatida tana-vazn indeksining me’yoriy darajadan yuqoriligi, ya’ni 1–2-darajali semizlik holatlari qayd etilgan. O‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichlari asosan me’yoriy diapazonda bo‘lsa-da, ayrim sportchilarda funksional zaxiraning cheklanganligi aniqlangan. Psixofiziologik baholash natijalariga ko‘ra, reaksiya tezligi darajalarida individual farqlar mavjud bo‘lib, bu holat ko‘rish nuqsoni fonida sezgi-motor muvofiqlik va muvozanatni saqlashga ta’sir ko‘rsatadi. Olingan natijalar asosida paradzyudo sportchilari uchun individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish zarurligi asoslab berildi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Таълим ва тараққиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0