Таълим ва тараққиёт, 2026, № 1
BOSH MIYA VA UNING ASOSINI O‘RGANISHDA METODIK YONDASHUVLAR
Аннотация · Abstract
Maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasasida bosh miya va uning asosining anatomiyasini o‘qitishning metodik yondashuvlari yoritilgan. Bosh miyaning asosiy bo‘limlari ularning klinik ahamiyatini hisobga olgan holda strukturaviy-funktsional jihatdan tahlil qilingan. Nazariy materialni amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari bilan integratsiyalash zarurligi asoslab berilgan bo‘lib, bu kelajakdagi shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida samarali o‘qitish shakl va usullarini, hamda talabalar bilimini baholash vositalarini tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur material tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy faoliyatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Таълим ва тараққиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0