Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2026, № 1

KOLLEKTIVLASHTIRISH SIYOSATINING O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI

Sunbula Qodirova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan yer-suv islohoti va 1929 – 1933-yillardagi yoppasiga kollektivlashtirish siyosati, uning mazmun-mohiyati hamda oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “quloqlar”ni sinf sifatida tugatish siyosati, dehqon xo‘jaliklarini musodara qilish, surgunlar, majburiy birlashtirish, siyosiy terror va ma’muriy-buyruqbozlik usullarining kuchayishi tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, kollektivlashtirishga qarshi O‘zbekiston qishloqlarida kuzatilgan ommaviy noroziliklar, ularning shakllari, ko‘lamlari, sabablari hamda sovet hokimiyati tomonidan qo‘llangan zo‘ravonlik choralarining dehqonlar hayotiga ta’siri ochib beriladi.

Сведения · Details