Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2025, № 6

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TALABALARNING YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VOSITALARI: METODIK TAVSIF, YONDASHUVLAR VA DIDAKTIK INTEGRATSIYA

Muydinov Mansurjon Ilhomhon ugli

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida chet tili ta’limida talabalarning yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli o‘quv vositalari (e-darslik, e-portfolio, blog, kollaborativ platformalar, mobil ilovalar, multimediya kontent, sun’iy intellekt asosidagi tahrir va baholash tizimlari, virtual yozuv laboratoriyalari)ning metodik tavsifi yoritiladi. Tadqiqot konseptual-tahliliy yondashuvga tayangan holda lingvodidaktik, kommunikativ, task-based learning (TBL) hamda multimodal pedagogika paradigmalarini birlashtiradi. Natijada raqamli vositalar yozuvni faqat texnik malaka sifatida emas, balki akademik, kommunikativ va ijodiy kompetensiya sifatida shakllantirishda strategik didaktik resurs ekanligi asoslanadi.

Сведения · Details