Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2025, № 6

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA TARBIYA FANINI O’QITISH JARAYONIDA TABAQALASHTIRILGAN YONDASHUV

Aripov Yunus Yusupovich

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishda differensial yondashuvning o‘rni va amaliy ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning yosh, jinsiy, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik darajasidagi individual farqlarni aniqlash, mashg‘ulot jarayonida yuklama va mashqlarni individuallashtirish tamoyillarini qo‘llash orqali olingan natijalar tahlil qilindi. Pedagogik tajriba differensial yondashuv jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtirishi, harakat ko‘nikmalarining barqaror shakllanishini ta’minlashi, mashg‘ulotlarga motivatsiyani oshirishi hamda ortiqcha yuklanish xavfini kamaytirishini ko‘rsatdi.

Сведения · Details