Таълим ва тараққиёт, 2025, № 5
XXI ASR TA’LIM JARAYONIDA F. M. DOSTOYEVSKIY IJODINING AXLOQIY-FALSAFIY MUAMMOLARINI ANGALASHDA DIALOGIK YONDASHUV
Аннотация · Abstract
Maqolada F. M. Dostoyevskiy asarlarini o‘qitishda dialogik yondashuvdan pedagogik texnologiya sifatida foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Dostoyevskiy ijodining asosiy axloqiy-falsafiy muammolari — erkinlik, vijdon, tanlov va mas’uliyat masalalari hamda ularning talabalarda tanqidiy tafakkur va axloqiy refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati o‘rganiladi. Maqolada mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili, shuningdek, dialogik shakllarni (seminarlar, munozaralar, rolli o‘yinlar, ijodiy esse) ta’lim jarayoniga joriy etish metodikasi yoritilgan. Xulosa qilinishicha, dialogik yondashuv klassik adabiyotlarni o‘rganish jarayonini faqat nazariy mashg‘ulot darajasida emas, balki shaxsiy-mazmunli ta’lim jarayoniga aylantirish imkonini beradi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Таълим ва тараққиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0