Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2025, № 5

MILLIY G‘OYA VA FALSAFANING YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDAGI PEDAGOGIK METODLARI

Akramov G‘iyosiddin Najmiddin o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Maqolada milliy g‘oya va falsafaning zamonaviy pedagogika tizimidagi o‘rni, xususan, yoshlar ma’naviy tarbiyasini shakllantirishda tutgan nazariy-metodik ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Maqolada milliy g‘oya tushunchasining falsafiy ildizlari, u orqali shakllanuvchi ma’naviy qadriyatlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik metodlarning samaradorlik omillari yoritilgan. Tadqiqot doirasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda milliy falsafiy tafakkurning, qadimiy va zamonaviy ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalarning uzviy bog‘liqligi, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan milliy pedagogik yondashuvlar o‘rtasidagi uyg‘unlik ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Сведения · Details