Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2025, № 5

6–7-SINF O‘QUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM VA AKMEOLOGIK YONDASHUV INTEGRATSIYASI

Baxriddinov Dostonbek Baxtiyor o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 6–7-sinflarida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlari va akmeologik yondashuvning o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotda ijodkorlikni shakllantirishda o‘quvchilarning shaxsiy faolligini oshirish, o‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, hamkorlikda o‘rganish jarayonlarining ahamiyati yoritilgan. Akmeologik yondashuv asosida ta’lim oluvchilarning shaxsiy yutuqlarga erishish yo‘llari va o‘qituvchining rahbarlik roli ko‘rsatib berilgan.

Сведения · Details