Central Asian Research Index

Таълим ва тараққиёт, 2025, № 4

MALAKALI KIKKIKBOKSCHILARDA KINEMATIK VA KINETIK KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA ZARBA TEXNIKASINI O‘RGANISH

Ismoilov G‘anisher Turobjon o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada malakali kikkikbokschilarning zarba berish texnikasini kinematik va kinetik ko‘rsatkichlar asosida o‘rganish natijalari yoritilgan. Tadqiqotda zarba harakati davomida tana qismlarining fazodagi harakati, burchakli tezlik, tezlanish, kuch ta’siri va ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Olingan natijalar zarba texnikasini mukammallashtirish, mashg‘ulot jarayonini ilmiy asoslash hamda sportchilarning individual xususiyatlariga moslashtirilgan tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Сведения · Details