Таълим ва тараққиёт, 2025, № 2
Dasturlash tillarini o'qitishning ilmiy nazariy asoslari
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir davrda dasturlash tillarini o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari atroflicha tahlil qilinadi. Dasturlash tillarini o‘zlashtirishda didaktik yondashuvlar, pedagogik metodlar, hamda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini shakllantirish omillariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada zamonaviy o‘quv texnologiyalarining, xususan interaktiv va modulli o‘qitish usullarining dasturlash tillarini samarali o‘rgatishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘qitish jarayonida fanlararo integratsiyaning ahamiyati, o‘quv dasturlarining moslashuvchanligi va motivatsiyani oshirishga qaratilgan yondashuvlar ilmiy asoslangan tarzda tahlil qilingan. Dasturlash tillari bo‘yicha o‘quv jarayonini optimallashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Таълим ва тараққиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0