Иқтисодиёт ва туризм, 2025, т. 6, № 20
JOZIBADOR TURIZM DESTINATSIYALARNI SHAKLLANTIRISHGA OID KONSEPTUAL YONDASHUVLARNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada turizm destinatsiyalarining muhim asosi bo‘lgan jozibadorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, turistik nuqtai nazardan sayohatgohlarga taalluqli jihatlari, nazariy, uslubiy va konseptual asoslari tadqiq etilib, o‘ziga xos tomonlari aniqlangan. Shuningdek, turistik hududlar jozibadorligiga oid ilmiy tadqiqotlarning yondashuvga ko‘ra tizimlanishi ilmiy asoslab berilgan. Turitik destinatsiya jozibadorligiga oid tadqiqotlar doirasida sayohatgohlarning jozibadorlik imidjini saqlab qolish va rivojlantirish, integratsiyalashgan raqamli axborot makonida virtual jozibadorlik muhitini shakllantirish qobilyati singari jabhalariga e’tibor qaratilib, turistik oqimni hosil qilish qobilyatining uzviy davomi o‘laroq, uni to‘g‘ri boshqarish, yo‘naltirish mavsumiy o‘zgarishlar muhitida yangilanuvchan va dinamik talablarga moslashish, texnologik transformatsiya davriga xos bo‘lgan xususiyatlarni inobatga olgan holda xizmatlar taklifi salmog‘ini oshirish va strategik rejalarni shunga muvofiq asosda ishlab chiqishning konseptual va metodologik jihatdan takomillashtirilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Иқтисодиёт ва туризм
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0