Central Asian Research Index

Innovations in Science and Technologies, 2025, т. 2, № 6, с. 6-15

O‘ZBEKISTONDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI UCHUN KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGI INDEKSINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI

Umriya Kenjayeva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan indeks modeli ishlab chiqiladi. Mavjud xalqaro standartlar — xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tamoyillari, Jahon banki va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tavsiyalari asosida takomillashgan ko‘rsatkichlar majmuasi taklif etilgan. Tahlil jarayonida O‘zbekistondagi bir nechta yirik aksiyadorlik jamiyatlari misolida ushbu model amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, taklif etilayotgan takomillashtirilgan indeks modeli korporativ boshqaruvning sifat jihatdan baholanishini ta’minlaydi, investitsiyaviy jozibadorlikni oshiradi hamda boshqaruvdagi shaffoflik va mas’uliyatni kuchaytiradi. Shuningdek, indeks O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan mezonlar asosida ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi.

Сведения · Details