Innovations in Science and Technologies, 2026, т. 3, № 9, с. 660-670
QURILISHDA KICHIK BIZNESNI SAMARALI BOSHQARISH YO‘NALISHLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada O‘zbekiston qurilish tarmog‘ida kichik biznes subyektlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari o‘rganilgan. Tadqiqotning empirik bazasini O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2021–2025-yillardagi qurilish ishlari, kichik biznesning tarmoqdagi ulushi va faol qurilish tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlari tashkil etadi. Deskriptiv statistika, dinamik qatorlar tahlili, tarkibiy tahlil va tizimli yondashuv asosida kichik biznes tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021-yildagi 77,9 trln so‘mdan 2025-yilda 230,9 trln so‘mga yetgani, o‘rtacha yillik nominal o‘sish 31,2 foizni tashkil etgani aniqlangan. Shu bilan birga, kichik biznesning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2023-yildagi 78,5 foizdan 2025-yilda 73,6 foizgacha pasaygan. Natijalar qurilishdagi kichik biznesni boshqarishda hajm o‘sishining o‘zi yetarli emasligini, loyiha portfeli, likvidlik, tannarx, muddat, subpudrat, raqamli boshqaruv, mehnat xavfsizligi va sifat ko‘rsatkichlarini integratsiyalash zarurligini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan kichik qurilish korxonasi uchun boshqaruvning integratsiyalashgan modeli va KPI tizimi taklif etilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Innovations in Science and Technologies
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0