Central Asian Research Index

Innovations in Science and Technologies, 2026, т. 3, № 9, с. 374-384

HUDUDLARDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHNING MINTAQAVIY SALOHIYATINI BAHOLASH VA BARQAROR RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Feruza Murodxujayeva

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududlarining yashil iqtisodiyotga o‘tish salohiyati va barqaror rivojlanishning mintaqaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi global iqlim o‘zgarishi, energiya o‘tishi jarayonlarining tezlashuvi hamda mamlakat hududlari o‘rtasida ekologik yuklama va yashil salohiyatning keskin notekis taqsimlanishi bilan belgilanadi: Orolbo‘yi va Qoraqalpog'istonda ekologik tanglik, Farg'ona vodiysida suv va yer resurslari tanqisligi, Navoiy va Toshkent viloyatida esa yuqori uglerod sig'imi kuzatilmoqda. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning 14 ta ma'muriy hududi bo‘yicha yashil iqtisodiyotga o‘tish salohiyatini kompleks baholash va barqaror rivojlanishning hududiy tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari, ob'ekti, predmeti va gipotezasi aniq belgilangan bo‘lib, ilmiy yangiligi hududiy kesimda integral baholash metodikasining birinchi marta qo‘llanilganligida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot gipotezasi sifatida hududning energiya salohiyati yuqori bo‘lishi avtomatik ravishda yuqori ekologik-iqtisodiy samaradorlikni ta'minlamasligi, balki institutsional tayyorgarlik darajasiga bog'liqligi ilgari surilgan. Metodologik asos sifatida to‘rt subindeksni — qayta tiklanuvchi energiya salohiyati, resurs va suv tejamkorligi, uglerod sig'imi va ekologik tozalik, yashil investitsiyalar va institutsional tayyorgarlik — birlashtiruvchi yashil salohiyat indeksi (GTPI) hamda ekologik-iqtisodiy dekarbonizatsiya koeffitsienti qo‘llanilgan. 2020– 2025 yillar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya quvvati sezilarli o‘sgan, biroq hududlar o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda: Buxoro, Navoiy va Samarqand energiya salohiyati bo‘yicha yetakchi guruhga, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Farg'ona vodiysi viloyatlari esa ekologik yuklama yuqori guruhga kiritilgan. Tahlil natijalari yuqori quyosh-shamol salohiyatiga ega hududlarda resurs tejamkorligi past bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi, bu institutsional va infratuzilma to‘siqlari bilan izohlanadi. Maqolada mintaqaviy yashil moliyalashtirish, qayta tiklanuvchi energiya xablari va hududiy dekarbonizatsiya monitoringini o‘z ichiga olgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Natijalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va mahalliy hokimliklar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details