Central Asian Research Index

Innovations in Science and Technologies, 2025, т. 2, № 9, с. 256-264

SOLIQLARNING YIG‘ILUVCHANLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILASHTIRISH

Ug'iloy Berdiyeva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada soliqlar yig‘iluvchanligini baholashning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilinib, mavjud metodologiyaning afzalliklari hamda kamchiliklari aniqlangan. Soliq tizimi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim moliyaviy instrumentlardan biri sifatida davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli soliqlar yig‘iluvchanligini aniqlash, tahlil qilish va baholash jarayonlarini takomillashtirish hozirgi davrda muhim ilmiy-amaliy masalalardan biridir. Maqolada soliqlar yig‘iluvchanligini baholashda qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlar tizimi, xususan, soliq to‘lovchilarning intizomi, iqtisodiy faollik darajasi, norasmiy iqtisodiyot hajmi, imtiyoz va preferensiyalar ta’siri kabi omillar o‘rganilgan. Muallif tomonidan soliq tushumlarini prognozlashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlar — raqamli iqtisodiyot asosidagi monitoring tizimlari, big data tahlili, sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 2019–2024-yillar oralig‘idagi soliq tushumlari dinamikasi tahlil qilinib, soliqlar yig‘iluvchanligining o‘sish tendensiyalari hamda hududlar kesimidagi tafovutlar statistik va iqtisodiy modellashtirish usullari yordamida asoslab berilgan.

Сведения · Details