Central AsianResearch Index

O‘QUVCHILARDA MA’NAVIY TARBIYA KOMPETENSIYALARINI TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada o‘quvchilar ma’naviy tarbiya kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Globallashuv sharoitida yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb masala sifatida ko‘riladi. Tizimli yondashuv tarbiya jarayonini uzviylik, izchillik va uzluksizlik tamoyillari asosida tashkil etishni taqozo etadi. Shuningdek, pedagogik, psixologik va ijtimoiy nazariyalar asosida ularning shakllanish mexanizmlari ko‘rsatib beriladi. Oila, maktab va jamiyatning hamkorligi o‘quvchilarda ma’naviy barkamollikni ta’minlashning muhim sharti sifatida ta’kidlanadi. Natijada, tizimli yondashuv asosida ma’naviy tarbiya kompetensiyalarini takomillashtirish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, fuqarolik mas’uliyati, axloqiy barkamollik va qadriyatlarga sodiqlik kabi sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi

Сведения

Опубликовано
2021 · С. 164
Источник
gri-journal.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Белорус-Ўзбекистон қўшма институти