Central AsianResearch Index

BOSHLANG‘ICH SINF INKLYUZIV TA’LIMIDA GEOMETRIK MASALALAR ORQALI AQLIY RIVOJLANISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

Ushbu maqolada geometrik masalalar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyatini rivojlantirish masalasi tahlil qilingan. Inklyuziv ta’lim sharoitida geometrik masalalarning mantiqiy tafakkur, fazoviy idrok va ijodiy fikrlashni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida geometrik masalalarni vizual, amaliy va mantiqiy yondashuv asosida tashkil etish metodikasi tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ta’lim usullari, guruhda ishlash metodikasi va interfaol mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rsatib o‘tildi. Maqola davomida geometrik masalalar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar berilgan. Ushbu yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi

Сведения

Опубликовано
2025 · С. 23
Источник
gri-journal.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Белорус-Ўзбекистон қўшма институти