Central Asian Research Index

Фарғона методика мактаби, 2026, № 6, с. 60-66

Inklyuziv sinfda matematik topshiriqlarni moslashtirishning “o‘zgarmas yadro” tamoyili (5-7 sinflar misolida)

Latipov Bobosodiq Boboyevich, Jalilov Muhammadali Abdumutalibovich

Аннотация · Abstract

Maqolada umumta’lim maktabining inklyuziv sinflarida matematik topshiriqlarni alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarga moslashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Amaliyotda keng uchraydigan ikki yondashuv – topshiriqni hammaga o‘zgarishsiz berish va “yengilroq” topshiriq bilan matematik talabni pasaytirish – tahlil qilinib, ularga muqobil sifatida “o‘zgarmas yadro” tamoyili asoslangan. Tamoyilga ko‘ra topshiriqning matematik maqsadi va uni baholash mezonlari hamma o‘quvchi uchun umumiy bo‘lib qoladi, o‘zgarishlar esa faqat fanlararo kontekst, axborotni taqdim etish va javob berish shakli hamda murakkablik darajasiga tegadi. Ta’limda universal dizayn va tabaqalashtirilgan ta’lim g‘oyalariga tayangan holda uch qadamli moslashtirish algoritmi taklif etilgan va uning qo‘llanilishi 5–7 sinf matematika kursidan olingan misollarda ko‘rsatilgan.

Сведения · Details