Central Asian Research Index

Фарғона методика мактаби, 2026, № 5, с. 255-259

Kognitiv autsorsing sharoitida talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari

Isroilov Alijon Safarali o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Maqolada sun’iy intellekt va raqamli xizmatlarga aqliy vazifalarning bir qismini topshirish – kognitiv autsorsing sharoitida talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish muammosi nazariy-metodik jihatdan o‘rganilgan. Kognitiv yordamning o‘quv faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi va mustaqil mulohazani siqib chiqaruvchi ko‘rinishlari farqlanadi. Mustaqil dastlabki tahlil, manbalarni tekshirish, bosqichma-bosqich kamayuvchi yordam, refleksiv monitoring va yangi vaziyatga transferga asoslangan beshta pedagogik shart-sharoit tizimi taklif etiladi. Ularni amalga oshirish algoritmi hamda kuzatiladigan faoliyat dalillariga tayangan baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot konseptual xarakterga ega bo‘lib, empirik samaradorlik haqidagi da’volarni ilgari surmaydi.

Сведения · Details