Central Asian Research Index

Фарғона методика мактаби, 2026, № 5, с. 129-134

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida talabalarni kasbiy sifatlarini rivojlantirish

Xakimov Kobul Maxamadovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari orqali talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Jismoniy mashqlar va sport o‘yinlarining bo‘lajak mutaxassislarda chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, harakatlar muvofiqligi hamda diqqatni jamlash qobiliyatini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida intizomlilik, mas’uliyat, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, jamoada ishlash va mustaqil qaror qabul qilish kabi kasbiy ahamiyatga ega sifatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Talabalarning individual xususiyatlari va kelajakdagi kasbiy faoliyat talablariga mos mashqlarni tanlash, yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish hamda kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikni ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Сведения · Details