Central AsianResearch Index

PSIXOLOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGIDA NOTIQLIK MAHORATI VA EMPATIYA UYGʻUNLIGI: EMPIRIK TAHLIL

Ushbu maqolada amaliyotchi psixologning professional faoliyatida notiqlik mahorati hamda empatiya xususiyatlarining oʻzaro mutanosibligi va ularning kasbiy samaradorlikka koʻrsatadigan taʼsiri empirik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida psixologning mijoz bilan verbal hamda noverbal muloqot oʻrnatishida ritorik koʻnikmalarning oʻrni va bu jarayonda empatiyaning boshqaruvchi omil sifatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, faqatgina yuqori ritori k tayyorgarlik emas, balki notiqlikning emotiv va kognitiv empatiya bilan integratsiyalashuvi konsultatsiya jarayonida terapevtik alyansni, yaʼni ishonchli aloqani sezilarli darajada mustahkamlaydi. Maqola yakunida boʻlajak psixologlarda notiqlik va empatiyani kompleks rivojlantirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar va metodik koʻrsatmalar ishlab chiqilgan

Сведения

Опубликовано
2026 · № 3, С. 67
Источник
buxdu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат университети